Toshkentda hayit namozi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda avtomashinalar harakati vaqtincha cheklanadi

122 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda

Toshkentda 6-iyun kuni 122 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta‘minlash maqsadida 6-iyun soat 00:00 dan 08:00 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarida avtomashinalar harakati vaqtincha cheklanadi. Bular:

Mirzo Ulug‘bek tumani

  • "To‘ra buva" masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.

Bektemir tumani

  • “Xo‘ton" masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Xusayn Boyqaro ko‘chasidan, Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Olmazor tumani

  • “Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.
  • "Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi, Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.
  • “Do‘stjonboy” masjidi oldidagi Sag‘bon – Sag‘bon 12-tor ko‘chalari kesishmasidan, Keles yo‘li – Noraztepa ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani

  • “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
  • "Xo‘ja Allambardor" masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan, Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
  • “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi, Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani

  • “Ubay ibn Ka‘b” masjidi oldidagi Al Xorazmiy ko‘chasi, Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
  • “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi, Al Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan, Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.
  • “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor – Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan, Oliy Majlis binosi qarshisigacha

Uchtepa tumani

  • “Abdulloh ibn Ma‘sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi, Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Lutfiy – Katta qa‘ni ko‘chalari chorrahasigacha.
  • "Hazrati Ali” masjidi oldidagi Nazarbek – Mahorat ko‘chalari chorrahasidan, Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani

  • “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan, KXAY – Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.
  • “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasidan, Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani

  • “Usmon bin Ma‘zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Qushbegi chorrahasidan, KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Sergeli tumani

  • “Nurul Islom” masjidi oldidagi TXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasidan, TXAY – Qumariq ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani

  • “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan, Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani

  • “Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan, TXAY – Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling