Namanganda Gentra kanalga tushib ketdi

Haydovchi o‘zining xavfsizligi uchun tushib ketgan avtomashinasining ustiga chiqib olgan. 

Namangan viloyatining Yangi Namangan tumani, “1-Axsikent” MFY hududidan oqib o‘tuvchi "Katta namangan" kanaliga 11-may kuni 21:12 larda Gentra tushib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Qutqaruvchilar tomonidan haydovchi va avtomobilni kanaldan chiqarib olingan. Haydovchi o‘zining xavfsizligi uchun tushib ketgan avtomashinasining ustiga chiqib olgan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling