Vazirlar Mahkamasining qarori bilan texnika fanlari doktori, professor O‘ktam Salomov Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.
Prezident qarori bilan Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti tashkil etilgan edi.
O‘ktam Salomov 2021 yildan buyon Farg‘ona politexnika instituti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
U 1977 yil Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida tug‘ilgan. 1999 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi – fizik, texnika fanlari doktori.
Andijon mashinasozlik instituti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori, oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining birinchi o‘rinbosari vazifalarida ishlagan.