Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Ikkita hududda fuqarolarni shifoxonalarga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Oltiariq tuman Markaziy poliklinikasi xodimasi N.R. fuqaro D.U.ni tanishlari yordamida ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Nukus shahrida Ixtisoslashtirilgan endokrinologi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimasi P.D. fuqaro N.G.ni tibbiyot muassasalarining biriga ishga joylashtirib qo‘yishni vaʼla qilgan.

Buning evaziga 15 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling