Farg‘onada 7,6 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan kulolchilik sexi aniqlandi

Noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan reyd jarayonida qonunbuzilish holati fosh etildi, deb xabar berdi “Hududgaztaʼminot” AJ.

Maʼlum qilinishicha, shaharning “Jo‘ydam” MFYda joylashgan, fuqaro S. Sh. ga qarashli kulolchilik sexida gaz hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanilgan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 7 milliard 655 million 718 ming so‘mlik zarar aniqlandi.

Noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling