Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida 5-may kuni soat 16:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-3 avtomashinasini boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlanishi natijasida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1960-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Tiko bilan to‘qnashdi.
Hodisa oqibatida Tiko haydovchisi vafot etgan.
Shuningdek ikki nafar yo‘lovchilari tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.