Farg‘onada MIB boshlig‘i bo‘ysunuvidagi davlat ijrochisi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasi bo‘yicha javobgarlarni hududdagi xonadondan majburiy tartibda ko‘chirish yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab berish evaziga 2 ming dollar talab qiladi.
3-iyun kuni u talab qilingan puldan 1200 dollarni pora sifatida oladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 800 dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan MIB mansabdor xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.