Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi 11-mart kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Sherzod Yuldashev o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat hokimi tomonidan taqdim etilgan Ravshanbek Begmatov nomzodi tuman deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
U tayinlovga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelyotgan edi.