Fargʻona shahriga 12 dona zamonaviy ASIA STAR rusumli avtobuslar olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu avtobuslar Fargʻona shahar ichi yoʻnalishlariga brutto-shartnoma asosida biriktiriladi.
2025-yil yakuniga qadar Fargʻona shahriga tashuvchilar tomonidan 62 dona avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.