Samarqandda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
“Sh.u.” MCHJ rahbari A.S. MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr uskunalarini, “N.Q.” va “A.J.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 186,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling