Futbol boʻyicha 17 yoshlilar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Turnirning yarim final oʻyinlari 17-aprel kuni oʻtkazildi. Oʻzbekiston yoshlari Shimoliy Koreyaga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda gʻalabaga erishdi.
Sadriddin Hasanov 31-daqiqada hisobni ochgan boʻlsa, Jamshidbek Rustamov 62 daqiqada hisobni ikkitaga oshirdi. 65-daqiqaga kelib esa Abubakir Shukurullayev oʻyinga yakuniy nuqtani qoʻyuvchi golga mualliflik qildi.
Endi finalda Oʻzbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20-aprel kuni boʻlib oʻtadi.