Andijon shahrida 494,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fitnes klub fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro Sh. M. ga qarashli Andijon shahrida joylashgan "Fitnes sport zal" binosi elektr hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 494,3 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.