Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi

Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11 mart kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, Fransiya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Sammit yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling