Dam olish kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ushbu kunlarda havo harorati ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi havo 27-30 darajagacha, yakshanba kuniga kelib esa 32-35 darajagacha isiydi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda dam olish kunlari ba‘zi joylarda 36-39 darajagacha isiydi.

Toshkentda 25-27 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat 28-30 daraja, shanba kuni 30-32 daraja, yakshanba kuni 32-34 daraja bo‘ladi.

Harorat asosan kechalari 15-18 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling