Qamchiqda Gentra xandaqqa tushib ketdi, Mersedes yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urildi

Hodisa oqibatida Gentra haydovchisi yengil tan jarohati olgan.

Qamchiq dovonida Gentra haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishida harakatlangan yana bir Mersedes haydovchisi ham boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan.

Qutqaruvchilar tomonidan xandaqqa tushib ketgan avtomobil chiqarilgan va ikkinchi avtomobil xavfsiz hududga olib o‘tilgan.

Gentra avtomobilida haydovchi va 4 ta yo‘lovchi bo‘lgan. Ikkinchi avtomobilda haydovchining o‘zi bo‘lgan.

Hodisa oqibatida Gentra haydovchisi yengil tan jarohati olgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling