Buxoroda uylardan birida gaz portladi

Hodisa oqibatida yongʻin yuzaga kelmagan

12-fevral kuni soat 22:40 larda viloyat IIBdan olingan xabarga koʻra, shu kuni taxminan soat 22:00 larda Gʻijduvon tumani “Guliston” MFYdagi aholi xonadonida chaqnash sodir boʻlganligi bildirilgan. Bu haqda Buxoro viloyati FVB xabar berdi.

Voqeaning taxminiy sababi, fuqaroning yashash uyida gaz sizib chiqib toʻplanishi hamda chiroqni yoqishi oqibatida havo gaz aralashmasi chaqnashi sodir boʻlgan.

Hodisa oqibatida yongʻin yuzaga kelmagan, jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq.

Voqea joyiga viloyat FVB va Gʻijduvon tuman IIB masʼul rahbarlari hamda 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling