Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gonkong maxsus maʼmuriy hududi Administratsiyasi rahbari Jon Li Kachchiu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralarda investitsiyalar, moliya, raqamlashtirish, sunʼiy intellekt, transport va logistika sohalaridagi istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Gonkongning xalqaro moliya va biznes markazi sifatidagi tajribasi hamda salohiyati O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va ilg‘or loyihalarni ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutishi taʼkidlandi.
Shuningdek, hududlararo sheriklikni rivojlantirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi bevosita muloqotlarni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida o‘zaro vizasiz rejimni o‘rnatish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimni tuzish niyati bo‘yicha Verbal notalar almashildi.
"Mazkur qadam fuqarolarimiz uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratib, o‘zaro almashinuvlarni faollashtirishga xizmat qiladi", – deb yozadi vazir.