Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi MMT rahbari tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroning ishonchiga kirib, unga mansabdor tanishlari orqali Shayxontohur tumanida joylashgan 4 ta maktabning futbol maydonlarini auksion orqali ijaraga olib berish evaziga 8500 dollar olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda MTT rahbariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tumanlardan birining MMTB boshligʻi oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, mazkur boʻlim bosh mutaxassisi bilan oʻzaro til biriktirgan holda, oʻqituvchni tumandagi bogʻcha rahbari lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga undan 15 mln soʻm talab qilgan.
Ushbu pul mablagʻini bosh mutaxassis orqali olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.