Uchta tuman hokimlari o‘zgardi

Guliston shahar, G‘ijduvon va Bo‘ka tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

Sirdaryo viloyatining Guliston shahar, Buxoro viloyatining G‘ijduvon va Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanlari hokimlari o‘zgardi. 

25-noyabr kuni Guliston shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Jamoliddin Xodjimanov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shu vaqtga qadar Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Farrux O‘ktamjonov nomzodi shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Shuningdek, Bo‘ka tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Begmatov lavozimidan ozod etildi.

Shu vaqtgacha Parkent tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Sardor Isoqulov tuman hokimi etib tayinlandi.

Bundan tashqari, Farhod Umarov G‘ijduvon tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar "G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling