28-martdan boshlab “Guliston — Toshkent — Chinorkent — Toshkent — Guliston” yoʻnalishi boʻyicha shaharlararo tezyurar poyezdi va 7211-sonli “Guliston — Toshkent ” shaharlararo tezyurar poyezdi haftaning har kuni qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, 7212- sonli “Toshkent — Guliston”, 7207/7208,7209/7210-sonli “Toshkent — Chinorkent — Toshkent ” shaharlararo tezyurar poyezdi haftaning seshanba kunidan tashqari har kuni qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
7211-sonli “Guliston — Toshkent ” yoʻnalishi:
- Guliston 06:11 — Toshkent 07:58
7207-sonli “Toshkent — Chinorkent” yoʻnalishi:
- Toshkent 08:15 — Chinorkent 10:15
7208-sonli “Chinorkent - Toshkent” yoʻnalishi:
- Chinorkent 10:55 — Toshkent 12:28
7209-sonli “Toshkent — Chinorkent” yoʻnalishi:
- Toshkent 13:20 — Chinorkent 14:53
7210-sonli “Chinorkent — Toshkent” yoʻnalishi:
- Chinorkent 15:43 — Toshkent 17:16
7212-sonli ”Toshkent — Guliston" yoʻnalishi:
- Toshkent 17:31 — Guliston 19:00
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati