Guliston shahar prokurori o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda prokuror o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sirdaryo viloyatining Guliston shahar prokurori o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi, deb xabar berdi DXX.

U Boyovutda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbariga nisbatan tuman IIB Tergov guruhi ish yurituvidagi jinoyat ishi doirasida “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik hamda keyinchalik ishni gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming dollar pora so‘raydi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda prokuror o‘rinbosari talab qilingan pulni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi. 

Hozirda prokuror o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling