Sirdaryoda 850 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “I.A.S.” MCHJ va elektr taʼminoti korxonasi mansabdor shaxslari o‘zaro oldindan til biriktirgan.

Ular korxonaga qarashli ko‘p qavatli uylarni o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, noqonuniy foydalanishi oqibatida 850 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan.

Holat bo‘yicha jamiyat va elektr taʼminoti korxonasi mansabdor shaxslariga nisabatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling