Toshkent shahrida Toshkent Gullari Festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Festivalning asosiy tadbirlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinadi.
Gullar Festivali munosabati bilan 29-apreldan 3-maygacha quyidagi hududlarda transport vositalari harakati cheklanadi:
- Zarafshon ko‘chasining "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Istiqlol ko‘chasining A.Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
- Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
Ko‘rsatilgan davr ichida muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.