Andijonda profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs qo‘lga olindi

Qo‘lga olish jarayonida u o‘zining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, “Yuksalish” mahallasida hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev 1-iyul kuni xizmat burchini bajarish chog‘ida vafot etgan edi.

Gumonlanuvchi Yu.Xolbozorov 4-iyul kuni soat taxminan 06:30 larda Xo‘jaobod tumanida joylashgan “Yuksalish” mahallasi, “So‘qoloq“ qabristonidagi makkapoya ichida yashirinib yotganligi aniqlangan. 

Qo‘lga olish jarayonida u o‘zining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling