Qashqadaryo viloyatida elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish holati aniqlandi, deb xabar berdi O‘zenergoinspeksiya.
Maʼlum qilinishicha, G‘uzor tumani, “Yangikent” MFYda joylashgan “G.” MChJ o‘ziga qarashli yaroqsiz holatdagi tok transformatoridan foydalanib kelgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 558 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.