Qashqadaryo sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Hodisa Nexia-2 va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidan o‘tuvchi yo‘lda 7-noyabr kuni soat 17:20 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Hodisa Nexia-2 va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan.

Avtohalokat oqibatida 1 nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan tuman tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan. 

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling