Ish haftasining ikkinchi yarmida havo harorati pasayadi

Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

O‘zbekiston hududi bo‘yicha 11–12-avgust kunlari asosan kam bulutli va issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati asosan 38-40 daraja, janubda 42 darajagacha bo‘ladi. Faqat shimoli-g‘arbiy viloyatlarda va cho‘l hududlarda ertaga kunduzi harorat 2-3 darajaga pasayadi.

13-avgust – chorshanba kuni haroratning pasayishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Lekin issiqning sezilarli darajada pasayishi ish haftasining ikkinchi yarmida kutilmoqda, bunda respublika hududining katta qismida harorat 34-37 darajagacha, faqat eng chekka janubda 40 darajagacha pasayadi.

Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13-avgust kuni ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

Harorat kechalari 21-23 daraja, kunduz kunlari 11–12-avustda 38-40 daraja, 13-avgustda 36-38 daraja, 14–15-avgustda 34-37 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling