Ish haftasi davomida havo harorati pasayadi

Havo harorati kunduzi 0-5° iliqqacha pasayadi

Bugun Oʻzbekistonda quruq va nisbatan iliq ob-havo kutilmoqda, havo harorati 7-12° iliq boʻladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Faqatgina respublikaning shimoliy hududlari sovuq antitsiklon taʼsirida boʻlib, harorat kunduzi 0-5° iliqdan oshmaydi. Ertaga, 28-yanvarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida biroz qor yogʻadi,

Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida kechasi biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kunduzi 5-10° iliq, respublikaning shimoliy hududlarida 2° sovuq -3° iliq boʻladi.

29-31-yanvarda sovuq havo massalari Oʻzbekistonning shimoliy hududlaridan butun respublika hududiga tarqala boshlaydi, havo harorati kechasi 0-5° sovuqqacha, shimoliy hududlar baʼzi joylarida 8° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliqqacha pasayadi.

Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy viloyatlarida 29-31-yanvarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻlib, asosan qor shaklida yogʻadi. Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kuzatilmaydi.

Respublikaning ayrim joylarida tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan yoʻnalishini gʻarbiyga oʻzgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi mavjud.

Toshkent shahrida bugun va ertaga yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorat bugun 9-11° iliq, ertaga kechasi 0-2° iliq, kunduzi 6-8° boladi. 29-31-yanvarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 0-2° iliq boʻladi.

Sharqiy shamol yoʻnalishini gʻarbiyga oʻzgartirish bilan 5-10 m/s tezlikda esadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling