Yaqin kunlarda O‘zbekiston hududida asta-sekin havo harorati ko‘tarilishi davom etadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Harorat 10-11-noyabrda kechasi va ertalab 0-3 daraja iliq, kunduzi 13-16 daraja iliq bo‘ladi.
Hafta o‘rtasidan boshlab havo harorati kechgi va tonggi vaqtlarda 4-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi esa 17-20 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Respublika hududining aksariyat qismida quruq havo saqlanib turadi. Faqat 10-11-noyabrda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarining baʼzi joylarida yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) yog‘ishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 10-11-noyabrda kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 13-16 daraja iliq bo‘ladi.
Shuningdek, 12-14 noyabrda kechasi 4-7 daraja iliq, kunduzi 17-20 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.