Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat respublikaning eng shimolida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda qisqa muddatil momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublika hududining katta qismida yoz kabi 35-38 darajagacha issiq bo‘ladi.
Seshanba va chorshanba kulari havo harorati pasayadi, chorshanba kuniga kelib harorat 25-30 darajani tashkil etadi.
Haftaning ikkinchi yarmidan harorat yana ko‘tarila boshlaydi va ish haftasining oxiriga kelib havo 30-33 darajagacha isiydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ertaga 15-20 daraja atrofida eng salqin kun bo‘ladi, so‘ng harorat asta-sekin 28-30 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika hududining katta qismida hafta davomida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 29-30-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda, 1-2-may kunlari Farg‘ona vodiysida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-30 aprelda ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida 28-30-aprel va 1-2-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Bugun kunduzi harorat 36-38 daraja, seshanba kuni 31-33 daraja, chorshanba kuni 26-28 daraja bo‘ladi. Ish haftasining ikkinchi yarmida harorat 29-31 darajagacha ko‘tariladi.