Ushbu hafta davomida respublika hududi bo‘yicha harorat foni deyarli o‘zgarmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ko‘pchilik viloyatlarda harorat asosan 32-37 daraja, respublikaning cho‘l hududlarida va janubida ba‘zi joylarda 38-40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Yog‘ingarchilik ushbu haftada kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iton Respublikasida va respublikaning tog‘li hududlarida bugun kunduzi ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Havo harorati 21-24 daraja, kunduzi 34-37 daraja bo‘ladi.