Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Surxondaryoda hakamlik sudining kadrlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Surxondaryoda hakamlik sudining kadrlar bo‘limi boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi DXX.

U Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali viloyat Bojxona boshqarmasiga nazoratchi vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1000 dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling