O‘zbekiston hududi bo‘yicha 14-16-may kunlari issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 14-mayda, 15-16 mayda O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajagacha ko‘tariladi.
14-15-mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16-17-mayda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
17-mayda ayrim joylarda baʼzida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.