Samarqand shahrining “Nurli yo‘l” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Rudakiy” ko‘chasida 11-aprel kuni soat 20:00 larda 1997-y.t. shaxs Lacetti avtomashinasini boshqarib borayotganda piyodalar o‘tish yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni urib yubordi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan piyodalar shifoxonaga yetkazilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.