Markaziy bank uchta – Hamkorbank, Davr bank va TBC Bank‘ni jarimaga tortdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Jarimaning umumiy miqdori – 2,5 mlrd so‘m. Bunga banklarning qonunchilik talablariga amal qilmagani sabab bo‘ladi.
Jarimalar miqdori quyidagicha:
- “Hamkorbank” — 955 mln so‘m
- “Davr bank” — 931 mln so‘m
- TBC Bank — 615 mln so‘m
Bundan tashqari TBC Bank‘da ortiqcha hisoblangan 2,5 mlrd so‘m foizlar hamda qonunga zid ravishda hisoblangan 1,7 mlrd so‘m foizlar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
“Davr bank”da esa ortiqcha hisoblangan 1,7 mlrd so‘m foizlar, qonunchilikka zid ravishda kredit summasidan ushlab qolingan 1,9 mlrd so‘m mablag‘lar va undirilgan 461,6 mln so‘m to‘lovlar isteʼmolchilarga qaytarib berildi.
“Hamkorbank”ka esa undirilgan 20 mlrd so‘mdan oshiq to‘lovlarni isteʼmolchilarga qaytarish vazifasi yuklatildi.