Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning qaysi manzillarida Mustaqillik bayrami sayillari o‘tkaziladi? Ro‘yxat

Tadbirlar 30–31-avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan 30–31-avgust kunlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida bayram sayillari va ommaviy konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

12:00 da boshlanadigan tadbirlar:

  • Yunusobod tumani — “Uzekspomarkaz” maydoni

18:00 da boshlanadigan tadbirlar:

  • Bektemir tumani — “Coca Cola Garden” bog‘i
  • Mirobod tumani — “Furqat” bog‘i
  • Sergeli tumani — Sergeli markaziy xiyoboni
  • Olmazor tumani — River park maydoni
  • Uchtepa tumani — “ECO SEUL” bog‘i
  • Chilonzor tumani — Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i)
  • Shayxontohur tumani — “Navro‘z” bog‘i
  • Yangihayot tumani — “Yangi Darxon” MFY 45–46 uylar oldidagi maydon

19:00 da boshlanadigan tadbirlar:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani — “Mirzo Ulug‘bek” istirohat bog‘i (Central Park)
  • Yashnobod tumani — “Ashxobod” istirohat bog‘i
  • Yakkasaroy tumani — “Do‘stlik” istirohat bog‘i
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling