Chorshanba kuni ko‘plab hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi

O‘zbekistonda 26-mart, chorshanba kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi. O‘zgidrometga ko‘ra:

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodislari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling