Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Dam olish kunlari havo biroz isiydi

Yakshanba kuni O‘zbekistonning markaziy hududlari bo‘yicha kunduzigi harorat 32-34 darajaga yetadi.

O‘zbekiston hududining katta qismida 19-21-sentabr kunlari havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Bugun kunduzi havo 25-28 darajagacha, janubda 30 darajagacha isiydi. 

Shanba kuni cho‘l hududlarda va respublika janubida, yakshanba kuni O‘zbekistonning markaziy hududlari bo‘yicha kunduzigi harorat 32-34 darajaga yetadi.

20-21-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.

Shimolda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 

Kunduzi havo harorati bugun 26 daraja, ertaga 28-30 daraja, yakshanba kuni 32-34 daraja atrofida bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling