Vazirlar Mahkamasining 22–23-avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi.
Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- mahallalar, aholi punktlari, ko‘p kvartirali turar joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘cha va yo‘laklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va butash ishlarini tashkil etish;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
- obodonlashtirish tadbiri ishtirokchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan taʼminlash;
- joylarda obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish jarayonida to‘plangan chiqindilarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa mutasaddi tashkilot tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini taʼminlash.