Hafta davomida issiq ob-havo bo‘ladi, oxiriga kelib biroz pasayadi

Havo harorati ba‘zi joylarda 43-44 darajagacha ko‘tariladi.

Ushbu haftaning boshidan O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kuchayadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

16-17-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida,17-19-iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda 43-44 darajagacha ko‘tariladi.

Kechalari ham havo dim bo‘ladi. Faqat ertalabki soatlarda harorat biroz24-27 darajagacha pasayadi. 

Hafta oxirida harorat biroz pasayadi, hududning katta qismida kunduzgi havo harorati 35-38 daraja, janubda 39-41 daraja atrofida bo‘ladi. Shu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi.

Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

16-18-iyun kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 19-21-iyunda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda 20-iyun kuni ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.

Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat bugun kunduzi 36-38 daraja, 17-19-iyunda 38-41 darajagacha,20-iyunda 35-37 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling