21-noyabr kuni Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me‘yorlardan 3.1 marta oshdi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ko‘rsatkichlarning oshishiga harorat o‘zgarishi ham sabab bo‘lgani taʼkidlandi.
Haroratning keskin o‘zgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, bu esa mayda zarrachalarning to‘planishiga va atmosfera havosidagi kontsentratsiyasining oshishiga olib keladi.
Respublik aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi.
Ochiq havodagi faoliyatlarini qisqartirish, tashqariga chiqqanda niqob taqish tavsiya etildi.