Toshkentda atmosfera havosi sifatiga salbiy taʼsir qiluvchi moddalar yoqqan issiqxonalar faoliyati to‘xtatiladi

2026-yil 1-martga qadar Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar amalga oshiriladi.

Prezidentning “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi

Hujjat ko‘ra, 2026-yil 1-martga qadar Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar amalga oshiriladi.

Poytaxtda ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuziladi. 

Maxsus komissiyaga bir qator vakolatlar beriladi. Jumladan, tabiiy changlanish kuchaygan paytda sanoat korxonalari, transport, issiqlik taʼminoti va boshqa sohalarda cheklovlar joriy qilinadi.

Transportlar harakati cheklanadi. Atmosfera havosi sifatiga salbiy taʼsir qiluvchi moddalar yoqqan issiqxona va boshqa obyektlar faoliyati vaqtincha yoki to‘liq to‘xtatiladi. 

Toshkent shahridan boshqa hududlarga ko‘chirilishi majburiy bo‘lgan sanoat korxonalari va sanoat zonalari belgilanadi. 

Qurilish ishlarini amalga oshirishga cheklov va ularga talablar joriy qilinadi, shu jumladan, qurilish vaqtida changni bartaraf etuvchi uskunalar o‘rnatiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling