Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasi o‘tin tashidi

Haydovchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasi o‘tin tashiyotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, 13-mart kuni Qo‘qon shahar 10-sonli oilaviy poliklinikaga tegishli tibbiy yordam avtomashinasida haydovchi G‘.A. o‘zboshimchalik bilan daraxt ko‘chatlarini yuklagan holatda harakatlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi masʼullari ishtirokida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda haydovchi G‘.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. 

Shuningdek, poliklinika bosh shifokori F.M.ga o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgani, avtomashinalardan unumli va samarali foydalanish choralarini ko‘rish bo‘yicha haydovchilar o‘rtasida yetarli darajada yo‘riqnoma o‘tkazib, tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun “hayfsan” intizomiy jazosi berildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling