6-iyun, juma kuni Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari va metropoliten soat 03:00 dan o‘z harakatini boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.