Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi

Quyichirchiq tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga ventilyatsiya tizimi va radioeshittirish qurilmasi o‘rnatildi.

2025-yilning iyun oyida Quyichirchiq va Chinoz tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalarida aniqlangan kamchiliklar yuzasida Ichki ishlar vazirligiga Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan edi.

Monitoringda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Quyichirchiq tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga ventilyatsiya tizimi va radioeshittirish qurilmasi o‘rnatildi. 

Kameralar kerakli anjomlar bilan jihozlandi. Sayr qilish hovlisi va sanitariya tarmoqlari (hojatxona, yuvinish joyi)da taʼmirlash ishlari olib borilib, gigiyena talablariga muvofiqlashtirildi. 

Shu bilan birga, shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga zid bo‘lgan Chinoz, Qibray va Yuqorichirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati  tugatildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling