Toshkentda hokim yordamchisi 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi

Toshkent shahrida hokim yordamchisi 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi, deb xabar berdi O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, Uchtepa tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tuman hududida 4 ta savdo do‘koni qurishi uchun yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali jami 210 m2 yer maydonini ausion savdolari orqali yutib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Hokim yordamchisi muqaddam Jinoyat Kodeksining 167, 168, 205 va boshqa moddalari bilan 3 marotaba sudlangan shaxs hisoblanadi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling