“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax shahar filiali xodimasi Zominda yashovchi fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, AJ xodimasi fuqarodan 1000 dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.