Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb Qo‘shma bayonotni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bular:
- savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;
- foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik;
- geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlash hamda konchilik sohalaridagi hamkorlik;
- raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamli o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik;
- maktabgacha va maktab ta‘limi tizimiga raqamli ta‘lim platformasini joriy etish bo‘yicha hamkorlik;
- ta‘lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik;
- raqamlashtirish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi fan-ta‘lim salohiyatini oshirish;
- iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muhofazasi borasidagi hamkorlik.