Toshkent shahrining Yunusobod tumani, KHAY ko‘chasida 29-aprel kuni soat 09:40 larda haydovchi 1991-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Hyundai avtomashinasi va 1986-yilda tug‘ilgan Z.Sh. boshqaruvidagi Kavasaki mototsikl to‘qnashdi.
Hodisa oqibatida mototsikl haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.