Janubiy Koreyaning Changvon shahridagi Masan portida O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgan Hyundai Rotem yuqori tezlikdagi poyezdlari birinchi partiyasini rasmiy jo‘natish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Jaloliddin Manguberdi” nomi berilgan O‘zbekistonning yangi yuqori tezlikdagi temir yo‘l parkining birinchi poyezdi Hyundai Rotem tomonidan O‘zbekiston temir yo‘llari bilan 2024-yil iyun oyida imzolangan shartnoma doirasida ishlab chiqarildi.
Toshkent — Urganch—Xiva yo‘nalishida qatnovlar yo‘lga qo‘yilgach, qariyb 1000 kilometrlik masofani taxminan 7 soatda bosib o‘tish mumkin bo‘ladi.